Шохрух Уммон - Ketarsan

Песня "Ketarsan" - исполнителя Шохрух Уммон - скачать в mp3 или слушать бесплатно.

Длительность: 3:03

Размер: 4.4Mb

Прослушано: 2850

Клип к песне Ketarsan




Текст песни

Begona, san manga-manga bo`lding begona,
Yolg`iz baxtim eding san yagona,
Yuragimdagi eding bir dona, dona-dona, dona.
Bilmadim nimaga, ishonib ketding aytgin kimlarga?
Uchdingmi o`tkinchi tuyg`ularga?
Axir berilgandik orzularga, armon bo`ldi bir umrga.

Bo`lishi mumkin emas, deb o`ylardim,
Voz kechib ketasan shunchalar oson, sotasan arzon.
Qiymati yo`q ekan san uchun xuddi yonib ketgan gul kabi,
Tuyg`ularni etding yakson.

Bilmadim nimaga, kim tushdi oraga?
Sani bunchalar yomon tomon o`zgarib ketishingga
Sababchi ayt, kim o`sha inson?
Sani shunchalar o`z domiga tortibdi, ishon.

Yuragimda sevgini to`ldirib-to`ldirib,
O`zingga ishontirib, ko`ndirib,
Dilimda izing qoldirib-qoldirib,
Shunchalar ketarsan oson.

O`ylama, san mani, mani-mani o`ylama,
Qanday yashashni o`zim bilaman,
Tobora, bora-bora ko`naman va bunga ishonaman.
Bilasan bir kun qaytib yonimga kelasan,
Buni o`zing ham sezasan,
Go`yoki bildirmay turasan, lek taslim bo`lasan.

Yodingdami o`sha kun, sani uchratganimda yog`ardi yomg`ir,
Balki bugun bunchalar bo`lmasdi og`ir yog`maganida yomg`ir.
Ha mayli, yomg`ir bir sabab, axir bu hammasi taqdir.

Bugun ham yog` yomg`ir, faqat yuvgin dardlarim,
Voz kechay bir umrga unga bo`lgan hislarim.
Qani endi ko`z oldimdan ketsaydi bu ko`zlaring,
Yuragimdan o`chirib ket qo`yib ketgan izlaring.

Yuragimda sevgini to`ldirib-to`ldirib,
O`zingga ishontirib, ko`ndirib,
Dilimda izing qoldirib-qoldirib,
Shunchalar ketarsan oson.

Показать текст

Популярные треки

Someone - Vanotek, Denitia
2 Die 4 - Tove Lo
In The Dark - Purple Disco Machine, Sophie and the Giants
#HABIBATI - Пошлая Молли, HOFMANNITA
ИСКАЛА - Земфира

Будьте первым кто оставит комментарий!